Kim Chen Inning bir yildan beri ko‘rinmayotgan rafiqasi “topildi”

Olam

image

KXDR rahbari Kim Chen Inning rafiqasi bir yil deganda ilk bor jamoatchilik oldida paydo bo‘ldi. 

Xabar berilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi turmush o‘rtog‘i Li Sol Chju bilan Yulduzlar kuni sharafiga uyushtirilgan konsertga tashrif buyurgan. 

Tadbir Pxenyandagi "Mansude" badiiy teatrida bo‘lib o‘tgan. 

KXDR davlat ommaviy axborot vositalari Li Sol Chju haqida so‘nggi marta 2020 yil 25 yanvarda xabar bergan. 

O‘sha kuni u turmush o‘rtog‘i bilan Pxenyandagi teatrga, Yangi yil tomoshasiga tashrif buyurgan. 

KXDR birinchi xonimining Shimoliy Koreya nashrlarida uzoq vaqt ko‘rinmagani uning kasal yoki homilador bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ko‘plab mish-mishlarni keltirib chiqargan. 

O‘tgan yilning oktyabr oyida Janubiy Koreya OAV Li Sol Chju og‘ir kasal bo‘lgani yoki o‘ldirtirib yuborilgani haqida xabar tarqatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In

Baholaganlar

384

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing