Kim Chen In yuqori martabali harbiylar bilan Rossiyaga keldi
Olam
−
12 Sentabr 2023
16311Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vaziri Choy Song Xui va mamlakat harbiy rahbariyatining bir necha yuqori martabali xodimlari KXDR yetakchisi Kim Chen Inga Rossiyaga safari chog‘ida hamrohlik qilmoqda. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.
Joriy yilning 10 sentyabr kuni Kim Chen In bilan birga Pxenyandan jo‘nab, Rossiyaga yo‘l olgan maxsus poyezdga, xususan, Mehnat partiyasi Markaziy harbiy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Li Byon Chxol va partiya markaziy qo‘mitasining harbiy ma’muriyat bo‘limi rahbari Pak Chon Chxon o‘tirgan. Biroq delegatsiya tarkibi rasman oshkor etilmagan.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In boshchiligidagi delegatsiyalar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tishi, bundan tashqari, yakkama-yakka muloqot, shuningdek, Kim Chen In sharafiga Putin nomidan rasmiy kechki ziyofat berilishi kutilayotganini aytgan.
Prezident matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, muloqotda mintaqadagi vaziyat yuzasidan keng fikr almashiladi, tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni ham muhokama qiladi.
“Biroq matbuot anjumanlari rejalashtirilmagan”, deya xulosa qilgan Peskov.
RIA Novostining yozishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi o‘tirgan poyezd Primorsk o‘lkasiga yetib kelgan. Poyezd shu yerdagi Razdolnaya daryosi ko‘prigidan o‘tib, shimolga yo‘l olgan.
LiveBarchasi