Kim Chen In yangi raketa dvigatelini sinovdan o‘tkazdi
Olam
−
09 Sentabr 4056 1 daqiqa
Shimoliy Koreya uglerod tolalari bilan mustahkamlangan kompozit materialdan foydalangan holda qattiq yonilg‘i bilan ishlaydigan raketa dvigatelini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In sinovni kuzatdi. Qayd etilishicha, bu ishlanma mudofaa sohasini modernizatsiya qilish uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, “KXDR strategik yadroviy qurolli kuchlarini kengaytirish va mustahkamlashda katta o‘zgarishlar bo‘lishini kutilmoqda”. Bu dvigatelning to‘qqizinchi sinovi bo‘lib, u ishlab chiqish jarayonida oxirgi bo‘lishi kerak.

KXDRda qit’alararo ballistik raketalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yuqori quvvatli qattiq yonilg‘i dvigatelining yaratilishi sentyabr oyi boshida ma’lum bo‘lgan edi. Dvigatelning maksimal quvvati 1960 kN, uni “Xvasonpxo-19” va keyingi avlod “Xvasonpxo-20” qit’alararo ballistik raketalari uchun ishlatish rejalashtirilgan.
Kim Chen In dvigatel sinovlari natijalari bilan tanishgach, mutaxassislar bilan bunday mahsulotlarni seriyali ishlab chiqarish bazasini yaratish masalasini muhokama qildi.
Ma’lumot uchun, joriy yil avgust oyi oxirida Kim Chen In raketa ishlab chiqarish quvvatini yaratish bo‘yicha uchta yangi reja va tegishli mudofaa xarajatlari loyihasini imzolagan.