Kim Chen In yana raketa uchirdi

Olam

image

Kecha, 9 mart kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In rahbarligida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Unda “g‘arbiy frontdagi” soxta dushman aerodromiga zarba berildi. Bu haqda KCNA xabar berdi.

Qayd etilishicha, KXDR yetakchisi mashg‘ulotlarga qizi bilan kelgan. Mashg‘ulotlar davomida oltita mobil uchirish moslamasidan kamida bitta raketa uchirilgan. 

Pxenyandan raketa uchirilishi arafasida Janubiy Koreya tomoni ham bitta qisqa masofali ballistik raketa uchirganini payqagan. Ta’kidlanishicha, mashqlar haqiqiy jangga yaqin sharoitda bo‘lib o‘tgan.

“Dushmanlar so‘nggi paytlarda o‘ta ehtiyotkor bo‘lib qolgan. Koreya yarim orolida harbiy to‘qnashuv xavfini bartaraf etish uchun javob choralari, oldini olish uchun esa doimo tayyor turish juda muhim”, degan Kim Chen In.

Shuningdek, u raketa bo‘linmalari ikkita strategik vazifani bajarishi kerakligini ta’kidlagan. Birinchidan, ular urushni ushlab turishlari kerak, ikkinchidan, agar bu muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, urush bo‘lsa, tashabbusni o‘z qo‘llariga olishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13–23 mart kunlari Shimoliy Koreya tahdidiga javoban AQSH va Janubiy Koreya harbiylari hamkorligida “Ozodlik qalqoni” keng ko‘lamli manyovrlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing