Kim Chen In Shimoliy Koreyaning suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlariga bordi (foto)

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatdagi suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga bordi va uylarni qayta tiklash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishni mas’ullarga buyurdi. Bu haqda mamlakat Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya iyul oyi oxirida rekord darajadagi yomg‘irni boshdan kechirgan, oqibatda minglab aholi halok bo‘lgan, uylar suv ostida qolgan va Xitoy yaqinidagi shimoliy hududlarda qishloq xo‘jaligi yerlari suv bilan to‘lib, yaroqsiz holga kelib qolgan. Talafot oqibatida minglab jabr ko‘rgan fuqarolar uylari tiklangunga qadar poytaxtdagi ob’ektlarga ko‘chirilgan.

Shu munosabat bilan mamlakat yetakchisi suv toshqinidan zarar ko‘rgan mamlakatdagi reabilitatsiya loyihalarini ko‘zdan kechirdi.

“Kim qurilish maydonchasiga tashrif buyurar ekan, ishchilarga seldan jabrlanganlarning og‘rig‘ini imkon qadar tezroq yengillashtirishni buyurdi” deyiladi xabarda.

Bu uning suv toshqini bo‘lgan hududlarga uchinchi tashrifi bo‘lib, avvalgi ko‘rinishlarida u bolalarni ushlab turgani, qayiqdagi shikastlanishlarni tekshirishi va hashamatli mashinasida suv kechib o‘tib, voqea sodir bo‘lgan joylarni ko‘zdan kechirgani tasvirlangandi.

Suv toshqini haqidagi xabarlar birinchi marta paydo bo‘lganidan beri xalqaro qo‘llab-quvvatlash takliflari bo‘ldi. Jumladan, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashganiga qaramay, Janubiy Koreya Qizil Xoch jamiyati orqali yordam taklif qildi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham uning tiklanish harakatlariga yordam berish uchun zudlik bilan gumanitar yordam taklif qildi. Kim yordam takliflari uchun minnatdorlik bildirdi, ammo har qanday xorijiy yordamni qabul qilishdan bosh tortdi va mamlakatni tiklash harakatlarini butunlay o‘z-o‘ziga ishonishiga asoslanishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pxenyanda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made