Kim Chen In Shimoliy Koreya Janubni bosib olishga tayyorligini e’lon qildi

Olam

image

Kim Chen In o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun Janubiy Koreya hududini bosib olishga tayyorligini e’lon qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat armiyasi tashkil etilganining 76 yilligi munosabati bilan nutq so‘zlagan. 

“Hukumatimiz xalqimizning bo‘linishi va qarama-qarshiligi tarixini sarhisob qilib, janubiy koreyalik qo‘g‘irchoqlarni mamlakatning eng zararli va o‘zgarmas dushmani sifatida tan oladi. Shu bilan birga urush sodir bo‘lgan taqdirda biz xalqimiz  xavfsizligini ta’minlash uchun kerak bo‘lsa dushmanlarimiz hududini egallab olishga qaror qildik”, degan Kim Chen In.

O‘tgan yili dekabr plenumida ham KXDR yetakchisi Koreya Mehnat partiyasi muloqot orqali Koreya yarimorolini tinch yo‘l bilan birlashtirish mumkinligiga endi ishonmasligini aytgandi. Uning fikricha, KXDR va Koreya Respublikasi bir-biriga dushman davlatlarga aylangan.

Kim Chen In konstitutsiyaviy tarzda Janubiy Koreyaga asosiy dushman maqomini berish, shuningdek, Kim Chen In Janubiy Koreya Respublikasi aholisiga nisbatan "vatandoshlar" atamasidan voz kechishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kim Chen In Janubiy Koreyani mamlakat konstitutsiyasida “birinchi raqamli dushman davlat”, deb belgilashga chaqirgandi.

 

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Kim Chen In urush e'lon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing