Kurs UZS

USD

12 909.19

-20.18

EUR

13 935.47

-28.25

RUB

153.30

0.43

Kim Chen In saroy o‘rnida maxfiy yadro bazasini qurdirdi

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyandagi saroy o‘rnida yadro raketalarini uchirish majmuasini qurdirgan. Bu haqda sun’iy yo‘ldosh suratlariga tayanib, “The Telegraph” xabar berdi.

Qayd etilishicha, maxfiy baza 2024 yilda buzib tashlangan qishki saroy o‘rnida barpo etilgan bo‘lib, uni golf maydoni ko‘rinishida niqoblashgan. Qurilish ishlari taxminan noyabr oyida yakunlangan va hozir majmua sinovlar uchun foydalanishga tayyor.

Ushbu hudud raketa uchirish qurilmalari va raketalarni joylashtirish uchun moslashtirilgan. Maydon beton asosda qurilgan bo‘lib, o‘tgan yili iyun oyida tayyor bo‘lgan, keyin esa yupqa tuproq qatlami bilan qoplangan va unga chim ekilgan. Jeyms Martin nomidagi Yadro qurollarini tarqatmaslik muammolarini o‘rganish markazi ekspertlariga ko‘ra, bu kabi maydonlar uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalarni uchirish uchun ishlatiladi.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, ushbu hududdagi boshqa binolar ham golf maydonlariga xos emas. Sobiq qarorgoh hududidagi yangi yo‘llar kengaytirilib, ular orqali yadro kallaklarini tashishga qodir Hwasong -19 qit’alararo ballistik raketalarining yurishini ta’minlash mumkin. Bundan tashqari, maydonda 36 metr balandlikdagi to‘rt qavatli bino barpo etilgan bo‘lib, unda raketalar vertikal holatda joylashtirilishi mumkin. Tadqiqot guruhi a’zosi Sem Leyrning so‘zlariga ko‘ra, ushbu inshoot ortida yana bir tuzilma bor bo‘lib, u yanada himoyalangan. U joyda to‘rtta raketa uchirish qurilmasi joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, 10 mart kuni Shimoliy Koreya Janubiy Koreya va AQSHning “Freedom Shield” qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari fonida Sariq dengiz tomon ballistik raketalar uchirgandi. Pxenyan bu mashg‘ulotlarni “tajovuzkorlikni va qarama-qarshilikni kuchaytiruvchi harbiy tayyorgarlik” deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In yadro bazasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing