Kim Chen In mulozimlariga falastinliklarni qo‘llab-quvvatlashni buyurdi

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mulozimlariga falastinliklarni qo‘llab-quvvatlashni buyurgan. Bu haqda Janubiy Koreya josuslik agentligiga tayanib, “The Korea Herald” yozdi.

Kecha, 1 noyabr kuni Janubiy Korea parlamentida bo‘lib o‘tgan 2023 yilgi auditda Milliy razvedka agentligi direktori Kim Kyo Xyun qonunchilarga Shimoliy Koreya rahbari Falastinni “keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlash” bo‘yicha ko‘rsatma bergani haqida aytgan. 

Parlamentning Razvedka qo‘mitasi ijrochi kotibi Yu Sang Bumga ko‘ra, “Shimoliy Koreya jangari guruhlarga qurol sotishi mumkin”.

“Shimoliy Koreya o‘tmishda HAMASga tankka qarshi raketa moslamalarini pullagan va Pxenyan G‘azoga urush davrida ko‘proq qurol eksport qilishga urinishi ehtimoli bor”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Janubiy Koreya harbiylari 7 oktyabrdagi hujum suratlari va videolariga asoslanib, HAMAS Shimoliy Koreyaning turli qurollaridan foydalanganini iddao qilib keladi. Pxenyan esa bu ayblovlarni rad etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya Falastin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing