Kim Chen In qizini xavfli “o‘yinchoqlar” zavodiga olib bordi (foto)
Olam
−
05 yanvar
10175Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In taktik va strategik raketalar uchun mobil uchirgichlar ishlab chiqaruvchi zavodga tashrif buyurdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Chen Inga uning qizi va partiyadoshlari, jumladan, partiya Markaziy qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Kim Yo Chen hamrohlik qilgan. Davlat rahbari ishlab chiqarish bilan tanishib, jamoaning mehnat intizomi, jumladan, uning g‘oyaviy tayyorgarligiga yuqori baho bergan. Ma’lum qilinishicha, zavod 2023 yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish rejasini ortig‘i bilan bajargan.
“Kim Chen In ushbu zavod juda muhim ahamiyatga egaligini va harbiy qarama-qarshilikka faolroq tayyorgarlik ko‘rish talab qilinayotgan hozirgi vaziyatda u milliy mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha tarixiy vazifani bajarishda mas’uliyatli rol o‘ynashi haqida gapirdi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Kim Chen In yadroviy urushni to‘xtatuvchi kuchlarni doimiy ravishda mustahkamlash va armiyaning tezkor ehtiyojlarini qondirishda turli taktik va strategik qurollar uchun raketalarni ishlab chiqarish muhimligini ta’kidlagan.
“Yonhap” agentligiga ko‘ra, gap "Xvason-17" qit’alararo raketalari va "Xvason-18" qattiq yonilg‘i raketalari haqida ketmoqda.
Manbaga ko‘ra, Kim Chen In keyingi va uzoq muddatli ishlab chiqarish rejasini shakllantirish vazifalarini belgilab bergan va korxona quvvatini oshirishni buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Koreya Respublikasi Milliy razvedka xizmati direktori lavozimiga nomzod Cho Txe Yon Shimoliy Korea rahbarining qizi Kim Chju Eni KXDR yetakchisining o‘rniga tayyorlanayotganini taxmin qilgandi.
LiveBarchasi