Kim Chen In qayerda? Bu savolga javob topildi

Olam

image
Kim Chen Inning  o‘lim yoqasiga kelish sababi ma’lum bo‘ldi north_east

Kim Chen Inning o‘lim yoqasiga kelish sababi ma’lum bo‘ldi

O‘tgan hafta yakunida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Davlat kengashi raisi Kim Chen In o‘lik yo tirikligi asosiy masala sifatida kun tartibiga chiqdi. Ikki hafta davomida omma qarshisida ko‘rinish bermagan Inning holati bo‘yicha Shimoliy Koreya rasmiylari ma’lumot berib borgan bo‘lsa-da, o‘lim haqidagi xabarlarni butkul rad etgani yo‘q. 

Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje Inning tashqi siyosat bo‘yicha katta maslahatchisi Moon Chong In CNN’ga Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning o‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi gaplarga nisbatan izoh berdi. 

“Hukumatimiz o‘z pozitsiyasida sobit. Kim Chen In tirik va sog‘lig‘i yaxshi. U 13 apreldan buyon Vonsan (Shimoliy Koreyadagi shahar) hududida. Hozirga qadar hech qanday shubhali holatlar aniqlangani yo‘q”, deydi Prezident maslahatchisi.

Shimoliy Koreya muammolarini o‘rganib boruvchi AQSHning “38 North” sayti sun’iy yo‘ldosh fotosuratlariga tayanib, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning poyezdi 21-23 aprel kunlari mamlakatning Vonsan shahri hududida paydo bo‘lgani haqidagi ma’lumotni ilgari surmoqda. “Renxap” agentligiga ko‘ra, Kim Chen In koronavirusdan saqlanish uchun Vonsan shahridagi qarorgohiga joylashgan. Holbuki mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilmagan. 

Vonsanda Kim Chen Inga tegishli uy mavjud bo‘lib, shahar Yapon dengizi sohilida joylashgan. Bir necha yil oldin Kim Chen In uni dunyo miqyosidagi kurortga aylantirishga buyruq bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In 11 apreldan buyon omma oldida ko‘rinish bermaydi. Bu orada uning yurak jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgani haqida gaplar tarqaldi. Oradan vaqt o‘tib uning vafot etgani haqida rasmiy manbalarga tayanilgan xabarlar paydo bo‘ldi.

25 aprel kuni Gonkongda joylashgan HKSTV sun’iy yo‘ldosh radioeshittirish kompaniyasi vitse-prezidenti Kim Chen Inning vafoti haqida xabar qilgan edi. KXDR davlat radiosi esa mamlakat fuqarolariga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning o‘limi haqidagi mish-mishlarga qaramay uning faoliyatini davom ettirayotganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In

Baholaganlar

2723

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing