Kim Chen Inning o‘lim yoqasiga kelish sababi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
26 aprel 2020
50409Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Davlat kengashi raisi Kim Chen Inning salomatligi bilan bog‘liq vaziyat mavhumligicha qolmoqda. Gonkongda joylashgan HKSTV sun’iy yo‘ldosh radioeshittirish kompaniyasi vitse-prezidenti Kim Chen Inning vafoti haqida xabar qilgan edi. KXDR davlat radiosi esa mamlakat fuqarolariga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning o‘limi haqidagi mish-mishlarga qaramay uning faoliyatini davom ettirayotganini ma’lum qildi.
Hozirga kelib, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning “vegetativ” holatga tushish sababi ochiqlandi. Unga ko‘ra KXDR yetakchisining yuragini operatsiya qilgan shifokor amaliyotni vaqtida yakunlashga ulgurmagan. Bu haqda “Shukan Gendai” yapon nashri Xitoy tibbiyot doiralariga tayanib xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDR rahbari mamlakat bo‘ylab navbatdagi tur davomida o‘zini yomon his qilgan va uni yaqin oradagi shifoxonaga olib borishgan. Bir vaqtning o‘zida Xitoydan malakali mutaxassislar guruhini yuborish so‘ralgan. Xitoyda 50 kishidan iborat guruh va kerakli tibbiy uskunalar tayyorlanib, Shimoliy Koreyaga yuborilgan.
Kim Chen Inning ahvoli shu qadar tahlikali bo‘lganki, KXDR sog‘liqni saqlash sohasi vakillari Xitoydan guruh kelguncha kutish halokatli bo‘lishi mumkinligini aytib, uning yurak qon tomirlarini stentlashni mahalliy shifokorga ishonishgan. Aytilishicha, bu murakkab operatsiya bo‘lmagan va 1-2 daqiqa davom etishi kerak bo‘lgan.
Ammo operatsiya vaqtida jarroh shu qadar hayajonlanganki, uning qo‘llari qaltiragan. Bundan tashqari, uning semiz bemorlar bilan bunday operatsiyalarda tajribasi bo‘lmagan. Natijada unga operatsiya uchun taxminan 8 daqiqa kerak bo‘lgan. Bu vaqtda KXDR yetakchisi “vegetativ” holatga tushib qolgan.
Avvalroq, Gonkongda joylashgan HKSTV sun’iy yo‘ldosh radioeshittirish kompaniyasi vitse-prezidenti Sin Fen o‘zining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Kim Chen Inning vafoti haqida xabar bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumot KXDRdagi “ishonchli” manba tomonidan tasdiqlangan.
Shuningdek, Kim Chen In koronavirus yuqtirib olish xavfi sabab Pxenyanni tark etgan va hozirda Yapon dengizining Sharqiy-Koreys bo‘g‘ozidagivillasida bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi