Kim Chen In dunyoga KXDRning maqsadlarini aytdi

Olam

image

KXDR kuchli zarba berish salohiyatini rivojlantirishda davom etadi. Bu haqda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In e’lon qildi. 

Kim Chen In bu haqda “yangi “Xvason-17” qit’alararo ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishga hissa qo‘shgan harbiylar va olimlar bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tgan. Kim Chen In KXDR “mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va Koreya xalq armiyasida xizmatga qo‘yiladigan yanada kuchli hujum qurollarini yaratish maqsadiga erishishda davom etishini” ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 24 mart kuni “Xvason-17” qit’alararo ballistik raketasi yapon dengizi tomonga uchirildi.

Shimoliy Koreya raketasi taxminan 1 100 km masofani bosib o‘tgan, 70 daqiqa parvoz qilgan va maksimal balandligi 6000 kilometrdan oshgan. Ta’kidlanishicha, raketa Yapon dengizidagi mamlakatning eksklyuziv iqtisodiy zonasiga tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In KXDR

Baholaganlar

1656

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing