Kim Chen In ayollarni yig‘latdi. U oilalarga ko‘p bolali bo‘lish “topshirig‘ini berdi”
Olam
−
05 dekabr 2023
14077Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Beshinchi onalar yig‘ilishida so‘zga chiqib, mamlakatda tug‘ilish ko‘rsatkichlari pasayib borayotganidan xavotir bildirdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar bermoqda.
Kim Chen In buni yoshlar o‘rtasidagi "antisotsialistik xulq-atvor muammosi" bilan bog‘ladi va u ayollarni "partiya, inqilob va mamlakat" uchun ko‘proq bola ko‘rishga chaqirdi.
Shuningdek, u ko‘p farzandni dunyoga keltirgan, yetim bolalarni parvarish qilayotgan onalarga, Pxenyan va viloyat ayollar kasaba uyushmalari vakillariga minnatdorlik bildirgan.
Agentlikning alohida qayd etishicha, yig‘in ishtirokchilari davlat rahbarining mehr-muhabbat, ishonch bilan yo‘g‘rilgan nutqini ko‘zda yosh bilan tinglagan.
Ma’lumot o‘rnida, KXDRda onalar yig‘ini so‘nggi bor 2012 yilning noyabrida o‘tkazilgan edi. Kim Chen In unda ishtirok etmagan, faqat tadbir yakunida birga suratga tushish bilan cheklangan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham ayollarni ko‘proq bolali bo‘lishga chaqirgandi.
LiveBarchasi
26 noyabr