Kim Chen In aqldan ozdimi? Shimoliy Koreya 180 ta samolyotni havoga ko‘tardi
Olam
−
04 noyabr 2022
34544Bugun, 4 noyabr kuni Janubiy Koreya Qurolli kuchlarining shtab boshliqlari Shimoliy Koreyaning (KXDR) 180 ta samolyotining faoligini aniqlangan. Bunga javob tariqasida Janubiy Koreya ham o‘z samolyotlarini havoga ko‘targan. Bu haqda “Yonhap” agentligi yozmoqda.
Qayd etilishicha, Janubiy Koreya 80 ga yaqin samolyot, jumladan, yashirin texnologiya bilan jihozlangan F-35A qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘targan. Shimoliy Koreya Harbiy-havo kuchlarining faolligi mahalliy vaqt bilan soat 11:00 dan 15:00 gacha (Toshkent vaqti bilan 04:00 dan 09:00 gacha) bir nechta chegara zonalarida, Sariq va Yaponiya dengizlari sohillarida kuzatildi. Shimoliy Koreya Su va MiG oilalarining bombardimonchi va qiruvchi samolyotlaridan foydalangan.
Janubiy Koreya Qurolli kuchlari bayonotida aytilishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan hamkorlikda Shimoliy Koreya Qurolli kuchlarining harakatlari kuzatib borilmoqda.
“Bizning armiyamiz AQSH bilan hamkorlikda Shimoliy Koreya Qurolli kuchlarining harakatlarini diqqat bilan kuzatib boradi. Yangi provokatsiyalar sodir bo‘lgan taqdirda qo‘shinlarimiz shay holatda bo‘ladi”, deyiladi Janubiy Koreya Qurolli kuchlarining bayonotida.
Avvalroq, AQSH va Janubiy Koreya Mudofaa vazirlari uchrashib, Shimoliy Koreyani yadroviy quroldan foydalanish oqibatlaridan ogohlantirgandi va “Vigilant Storm” (“Hushyor bo‘ron”) qo‘shma harbiy mashg‘ulotini noma’lum muddatgacha uzaytirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 oktyabr kuni AQSH va Janubiy Koreya hamkorligida “Vigilant Storm” qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari start oldi. Unda 240 ga yaqin harbiy samolyotlar ishtirok etmoqda.
Mashg‘ulotlarga Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlarining 140 ga yaqin samolyotlari, jumladan F-35A, F-15K, KF-16 qiruvchi samolyotlari, KS-330 yonilg‘i quyish samolyoti, Amerika tomonidan esa yuzga yaqin samolyot, jumladan F-35B qiruvchi samolyotlari, EA-18 elektron razvedka samolyoti va U-2 josuslik samolyoti jalb qilingan.
LiveBarchasi