Kim hujumchi dronlarini sinovdan o‘tkazdi

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In kecha, 14 noyabr kuni turli xil uchuvchisiz uchuvchi samolyotlar imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi va dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni buyurdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Uchuvchisiz mashinalar Shimoliy Koreyaning uchuvchisiz aviatsiya texnologiyalari assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Dronlar quruqlikda va dengizda turli xil taktik yo‘nalishlar bo‘ylab uchib, nishonga aniq zarba bergan.

Kim Chen In yaqinda ishlab chiqilayotgan yangi zarba beruvchi uchuvchisiz uchish qurilmalari bilan tanishib, ularning sinov zarbalarini shaxsan o‘zi yaqindan tomosha qilgan. U sinov paytida partiya Markaziy Qo‘mitasining uchuvchisiz qurollarni ishlab chiqish rejasini aytib va uni amalga oshirishning muhim strategik yo‘nalishini ilgari surgan.

“Ehtimol, dunyoning barcha harbiy idoralari dronlar katta va kichik mojarolarda yaqqol muvaffaqiyatga erishayotganini tan olishsa kerak. Bu bugungi kunda harbiy sohada zaruriy talabga aylangan yangi tendensiya”, dedi Kim Chen In.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vaziri Soy Son Xi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar chog‘ida Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan so‘ng Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya armiyasi va xalqiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing