“Kichkina shahzoda” futbolchilik faoliyatini yakunladi

Sport

image

“Arsenal” va “Manchester Siti” sobiq yarim himoyachisi Samir Nasri 34 yoshida futbolchilik faoliyati yakunlaganini e’lon qildi. Bu haqda “RMC Sport” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Nasrining doping diskvalifikatsiyasi bir yarim yilga uzaytirilgani tufayli futbolga bo‘lgan munosabati o‘zgargan.

Franchiyalik futbolchi so‘nggi marta Belgiyaning “Anderlext” jamoasi tarkibida o‘ynagan. Futbolchi u yerga 2019 yilning yozida ko‘chib o‘tgan edi. Avvalroq, fransiyalik yarim himoyachi “Marsel”, “Arsenal”, “Manchester Siti”, “Sevilya”, “Antalyaspor” va “Vest Xem” tarkibida to‘p tepgan.

Eslatib o‘tamiz, Samir Nasri 2016 yilning dekabr oyida qon quyish paytida mikroelement olgan va keyinchalik antidoping qoidasini buzgani uchun diskvalifikatsiya qilingan. Unga haqiqiy shon-shuhrat 2006-2007 yilgi mavsumda, “Marsel”da o‘ynab yurgan paytlarida kelgan. Yaxshi dribling va nostandart qarorlar chiqaradigan futbolchi muxlislar tomonidan “Kichkina shahzoda” laqabini olgan edi.

Ma’lumot uchun, Nasri faoliyati davomida 522 o‘yinda maydonga tushgan. Raqiblar darvozasini 73 marta ishg‘ol vilib, 93 golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Samir Nasri ManSiti Kichkina Shahzoda Futbolchilik faoliyatini chkunladi

Baholaganlar

138

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing