Kichik Berdimuhamedov yangi shahar qurilishini tezlashtirishni talab qildi

Olam

image

Turkmaniston Prezidenti Sardor Berdimuhamedov hukumatdan joriy yilda Axal viloyatining yangi ma’muriy markazi qurilishini yakunlashni talab qildi. Bu haqda Turkmaniston Davlat axborot agentligi xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, Turkmaniston rahbari ma’muriy markazi Ashxobod chekkasidagi Annau shahrida joylashgan Axal viloyatida hukumatning joydan tashqari yig‘ilishini o‘tkazgan. Yig‘ilishda Berdimuhamedov foydalanilayotgan qurilish materiallari sifati va belgilangan muddatlarga rioya qilinmasligidan ham noroziligini bildirgan. 

Shu bilan birga, u yangi shaharda qurilish ishlari yakuniga yetayotganini, obodonlashtirish bosqichi boshlanganini ta’kidlagan. 

Turkmaniston poytaxtidan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan “Axal siti” loyihasi bo‘yicha qurilish ishlari 2019 yildan beri davom etmoqda. Shahar nomi milliy muhokamada tanlanadi. Loyiha rejasida 336 ta ob’ekt, jumladan, 11 ta jamoat binosi va 26 ta ma’muriy bino, 19 ta ta’lim muassasasi, 258 ta turar-joy binosi, 8 ta tibbiyot va sport inshootlari, 14 ta ichki va tashqi muhandislik tizimlari va inshootlari qurilishi ko‘zda tutilgan 

Axal viloyati 1992 yilda tashkil topgan, avvalroq uning hududi Ashxobod viloyati deb atalgan. Turkmaniston poytaxti endi alohida hududiy birlik hisoblanadi. Axal viloyatining hozirgi ma’muriy markazi Annau shahri Turkmaniston poytaxtidan sakkiz kilometr sharqda joylashgan. Axal viloyatining yangi poytaxti Ashxobodning janubi-g‘arbiy qismida qurilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston

Baholaganlar

316

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing