Kiberxavfsizlik markazi Qamariddin Shayxov va Ortiqxo‘jayev ishtirokidagi videolarga ishonmaslikka chaqirdi
3-sahifa
−
02 dekabr 2023
23940Ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlar tomonidan QALAMPIR.UZ internet nashri asoschisi Qamariddin Shayxov va Toshkent shahrining sobiq hokimi, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirokidagi video, ularning ovozlari sun’iy intellektga asoslangan dasturlar orqali, tarqatilmoqda. Holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi bayonot berdi.
“O‘zingiz va yaqinlaringizni firibgarlar tuzog‘iga tushib qolishidan himoya qiling”, deb boshlanadi bayonot.
Unda qayd etilishicha, firibgarlar tomonidan QALAMPIR.UZ internet nashri asoschisi va bosh muharriri Shayxov Qamariddin Qutbiddin o‘g‘li va tadbirkor Jahongir Obidovich Ortiqxo‘jayevlarning videotasviriga sun’iy intellektga asoslangan dastur yordamida qayta ishlov berilib, audioyozuvlarni soxtalashtirish yo‘li orqali Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlari hamda Telegram messenjeri orqali turli xil kanal va guruhlarda “Raida” nomli kanal go‘yoki halol savdo ekanligi ta’kidlanib, internet foydalanuvchilariga tez fursat ichida mo‘may daromad olishni va’da qilinmoqda.
Kiberxavfsizlik markazi fuqarolardan virtual firibgarlik bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar tarqatayotgan xabarlarga ishonmaslikni so‘ragan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni haqqoniyligini aniqlash uchun ularning rasmiy manbalari orqali qayta tekshirib ko‘rishlaringizni tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.
QALAMPIR.UZ shuni ma’lum qiladiki, ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlar tomonidan sun’iy intellektga asoslangan dasturlar orqali ovozi o‘zgartirib tarqatilayotgan video nashr asoschi Qamariddin Shayxovning 2018 yil dekabr oyida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan bo‘lib o‘tgan suhbatidan yulib olingan bo‘lib, ushbu suhbat to‘liq o‘zbek tilida bo‘lib o‘tgan. Unda nafaqat “Raida” kanal yoki halol savdo xususida, shunga o‘xshash boshqa internet orqali yuritiladigan o‘yinlar, bizneslar, qimorga asoslangan o‘yinlar xususida so‘z bormagan.
LiveBarchasi