Kia K3 endi yillik stavkasi 0%: muddatli to‘lov asosida 18 oygacha bo‘lib to‘lash dasturi
Biznes
−
31 iyul 5590 2 daqiqa
Yangi Kia K3 avtomobilini uzoq vaqtdan beri ko‘zlab yurganlar uchun ajoyib xushxabar! Kia Uzbekistan muddatli to‘lov asosida to‘lash bo‘yicha uzoq kutilgan dasturning ishga tushirilganini e’lon qiladi. Endi zamonaviy sedanni 0% yillik stavkasi bilan 18 oygacha bo‘lgan muddatda xarid qilish mumkin.
Kia Uzbekistan Kia K3 uchun yangilangan moliyalashtirish dasturini taqdim etib, zamonaviy avtomobilga egalik qilishni yanada qulayroq qilishda davom etmoqda. Yangi dastur xaridor tomonidan o‘zining imkoniyatlariga qarab, boshlang‘ich to‘lovning maqbul miqdori hamda moliyalashtirish muddatini tanlash imkonini beradi. Avtomobil qiymatining 50% va undan ko‘proq qismini to‘laydigan mijozlar uchun yillik stavkasi 0% bo‘lgan dasturlar ko‘zda tutilgan.
● Boshlang‘ich to‘lov: 50% dan
Muddati: 12 oy
Yillik stavkasi: 0%
● Boshlang‘ich to‘lov: 70%
Muddati: 18 oy
Yillik stavkasi: 0%
Avtosug‘urtani rasmiylashtirish majburiy shart hisoblanadi. Sug‘urta shartlari bank tomonidan belgilanadi.
Kia K3 – brendning O‘zbekistondagi eng yorqin yangiliklaridan biri. Zamonaviy dizayn, puxta o‘ylangan ergonomika, yuqori darajadagi jihozlanish va ilg‘or texnologiyalar ushbu modelni kundalik hayot uchun qulay avtomobil izlayotganlar uchun jozibador tanlovga aylantirdi. Endi ushbu afzalliklarga yana biri – Kia K3’ni jozibador shartlar asosida xarid qilish imkoniyatini qo‘shamiz.
Batafsil maslahat olish, oylik to‘lovni hisoblab chiqish va dasturning barcha shartlari bilan tanishish uchun O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab Kia rasmiy dilerlik markazlariga tashrif buyuring.
Telefon: (+998) 55-500-83-33
Live
Barchasi