Xususiy tartibda donor qonini to‘plashga ruxsat beriladi
Jamiyat
−
24 yanvar 2022 4599 1 daqiqa
O‘zbekistonda donor qonini to‘plash va uning asosida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni xususiy tartibda amalga oshirishga taqiq bekor qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21 yanvarda qabul qilingan “2022-2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.
Farmon bilan farmatsevtika sohasidagi cheklovlarni kamaytirish yo‘nalishida qator ishlar amalga oshiriladi. Jumladan,
• donor qonini to‘plash va uning asosida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni xususiy tartibda amalga oshirishga taqiq;
• dori vositalarining klinik tadqiqotlarini sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazishga cheklov;
• xalqaro brendlar asosida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda mavjud quvvatlardan to‘liq foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida tarkibi bir xil bo‘lgan dori vositalarini bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida ishlab chiqarishga cheklovlar bekor qilinadi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr