Kurs UZS

USD

12 969.56

-10.77

EUR

14 768.44

-10.96

RUB

157.09

2.58

Qirg‘izistonda imomlar jasad a’zolari transplantatsiyasiga ruxsat berdi

Olam

image

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi imomlardan jasad a’zolarini transplantatsiya qilishga yozma rozilik oldi. Bu haqda “Vesti.kg” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, bugun, 31 yanvar kuni Qirg‘iziston parlamentidagi “Ishenim” va “Iyyman Nuru” fraksiyalarining yig‘ilishida deputatlar Sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev bilan birgalikda jasaddan organlarni transplantatsiya qilish masalasini muhokama qilgan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi Qirg‘iziston Musulmonlar diniy idorasi vakillaridan jasaddan organ ko‘chirib o‘tkazishga yozma rozilik olgan. Beyshenaliyev, shuningdek, bitta jasaddan sakkiztagacha organ olish mumkinligini ta’kidlagan.

“Mamlakatimizda jigar donorlariga ehtiyoj katta. Jasad donorlaridan yetti-sakkizta organ – jigar, buyraklar, retikulyar hujayralar, suyak iligi, o‘pka va yurak olinishi mumkin”, deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq turkiyzabon davlatlarning Sog‘liqni saqlash vazirlari “Türktransplant” yagona axborot tizimini yaratish bo‘yicha protokol imzolagan edi. Hujjat Ozarbayjonning Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar Sog‘liqni saqlash vazirlarining 4-anjumani doirasida imzolangan. Unga Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirlari imzo chekkan. Protokolning maqsadi TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida donorlik va organ transplantatsiyasi jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi yagona axborot tizimini yaratish hisoblanadi.  


Maqola muallifi

Teglar

transplantatsiya donor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing