Xushxabar: O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish qariyb 80 foizga yetdi
Jamiyat
−
13 avgust 2020
17259Bugoun, 13 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 256+ nafarga ortib, 33 093 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 179 nafari Toshkent shahrida;
• 60 nafari Toshkent viloyatida;
• 9 nafari Andijon viloyatida;
• 8 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 59 yoshli X.A. (ayol) hamda Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli N.I. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 312 nafar, Toshkent viloyatida 204 nafar, Samarqand viloyatida 39 nafar, Sirdaryo viloyatida 17 nafar, Buxoro viloyatida 13 nafar, Andijon viloyatida 11 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 11 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar, jami 611 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, 26 270 (+611) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 79 foizga yetdi.
Hozirda mamlakatda 6 608 nafar bemorning davolanishi davom etmoqda.
LiveBarchasi