Xushxabar: O‘zbekiston Turkiya bilan aviaqatnovlarni tiklamoqchi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga binoan joriy yilning 1 iyunidan “yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda ichki turizmni qayta yo‘lga qo‘yishga ruxsat berildi. Ammo xalqaro turizm masalasi hamon so‘roq ostida qolmoqda.

Shavkat Mirziyoyev raisligida 3 iyun kuni o‘tgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston karantin tartiblariga rioya qilgan holda xalqaro turizmga eshiklarini ochishga tayyorgarlik ko‘rayotgani qayd etildi. 

“1 iyundan boshlab ichki turizmning rivojlanishiga katta e’tibor berdik. Shu bilan birga, tashqi turizmda qaysi mamlakat bizni qabul qilishga tayyor bo‘lsa, biz ham tayyor bo‘lamiz. Biz darrov samolyotlarimizni uchiramiz. Mana, Turkiya bilan gaplashyapmiz. Ular tashqi turizmni ochishi bilan biz ham ochamiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

QALAMPIR.UZ to‘plagan ma’lumotlarga qaraganda, Turkiyada tashqi turizmga joriy yilning 1 iyulidan start beriladi. Bundan kelib chiqib taxmin qilinsa, o‘zbekistonliklar ham yoz oylarini Turkiyada o‘tkazishi mumkin. Shu jumladan Turkiyadan millionlab turistlar O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. 

Turkiya ayni vaqtda koronavirusdan tezlik va yuqori samaradorlik bilan qutulayotgan mamlakatlar qatorida bormoqda. Ushbu davlatda kuniga 40 mingga yaqin kishi koronavirus testini topshirmoqda. 

Ayni vaqtgacha ushbu mamlakatda 166 422 kishida koronavirus aniqlandi. Ulardan 4 609 nafari vafot etdi, 130 852 kishi sog‘aydi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya aviaqatnov

Baholaganlar

512

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing