Xushxabar! Toshkentda ijara narxlari tushmoqda
Jamiyat
−
22 noyabr 2023
127642023 yilning oktyabr oyida poytaxtda barcha turdagi xonadonlar uchun taklif etilayotgan ijara narxlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan arzonlashgan. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislarining tahlilida keltirilgan.
Unga ko‘ra, 2023 yilning oktyabr oyida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari 6-14 foizgacha pasaygan. Bir xonali xonadon uchun o‘rtacha ijara narxi 370 dollardan 348 dollarga (-5.9 foizga) tushgan bo‘lsa, ikki xonali xonadonlar uchun 474 dollardan 437 dollarga (-7.8 foiz), uch xonali xonadonlar uchun 611 dollardan 526 dollarga (-13.9 foiz), to‘rt xonali xonadonlar uchun 729 dollardan 633 dollargacha (-13.2 foiz) arzonlashgan.
To‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun taklif etilayotgan ijara narxlari 6-16 foizga tushgan. Xususan, ushbu turdagi bir xonali xonadon uchun o‘rtacha ijara narxi 557 dollardan 508 dollarga (-8.8 foizga), ikki xonali xonadonlar 695 dollardan 651dollarga (-6.3 foiz), uch xonali xonadonlar 867 dollardan 790 dollarga (-8.9 foiz), to‘rt xonali xonadonlar 1102 dollardan 930 dollarga (-15.6 foiz) arzonlagan.
Ma’lumot o‘rnida, 2022 yilda Toshkent shahriga relokantlar oqimining ko‘payishi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan talabalar tomonidan ijaraga bo‘lgan talabning oshishi natijasida o‘tgan yilning sentyabr-oktyabr oylarida ijara narxlari sezilarli darajada oshib ketgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi ijara narxi eng qimmat va arzon tumanlar ma’lum bo‘lgandi.