XTVning qariyb 4 mlrdlik noqonuniy tenderi “otmen” bo‘ldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Xalq ta’lim vazirligi qariyb 4 milliard so‘mga Elektron ta’lim tizimini yaratishga buyurtma bergani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘rganildi. 

Agentlik axborot xizmati ma’lum qilishicha, umumiy qiymati 3 mlrd 618 mln so‘mni tashkil qilgan mazkur tenderda faqat bir manzilda joylashgan ikki firma ishtirok etgani qayd etilgan. 

Holat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK buyurtmachiligida e.tender.uzex.uz portalida joriy yilning 3 noyabr kuni “elektron ta’lim yagona tarmog‘i uchun kommunikatsion va server qurilmalari yetkazib berish uchun” e’lon joylashtirgan. Tenderda “Inova Solution” MCHJ va “Tradein” MCHJ taklif bilan qatnashgan, yakunda “Inova Solution” MCHJ g‘olib deb topilgan.

Aniqlanishicha, haqiqatan ham,  tenderda ishtirok etgan ikki firma bir manzilda, ya’ni Navoiy ko‘chasi, 24-uyda joylashgan, shuningdek, ularning ta’sischi va rahbarlari o‘zaro affillangan shaxs hisoblanadi. Ammo buyurtmachi tomonidan ayni jihatlarga to‘g‘ri baho berilmagan. Natijada tender o‘tkazilishida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi hamda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlarida belgilangan talablar qo‘pol ravishda buzilgan.

Shu bois, Agentlik tomonidan buyurtmachiga tenderni bekor qilish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan. 

Taqdimnomani ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra, XTV  qoshidagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK buyurtmachiligida berilgan ushbu tenderning o‘rnatilgan tartibda bekor qilinishi ta’minlangan.


Maqola muallifi

Teglar

tender

Baholaganlar

230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing