XTV yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha izoh berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va tegishli davlat tashkilotlari 5-11-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish yo‘llari yoki bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda XTV Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ishlab chiqilgan takliflar Maxsus hukumat komissiyasi muhokamasiga taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Maxsus hukumat komissiyasining bu masaladagi qarorini o‘z kanallari orqali ma’lum qiladi.

“Shu o‘rinda, o‘quvchilar “Onlayn maktab” kanallarida namoyish etilayotgan televizion darslar orqali bilim olishni davom ettirishlarini tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

maktab imtihon

Baholaganlar

330

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing