XTV o‘quvchi sinf xonasida paqildoq portlatgani bo‘yicha izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda sinf xonasida o‘qituvchisini oldida pirotexnika vositasini portlatgan o‘quvchining tasviri aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Mazkur holat bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, sinfda pirotexnika vositasini portlatgan o‘quvchi Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinfida tahsil oladi.

Hodisa ishchi gurux tomonidan o‘rganilganda maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi birinchi navbat to‘rtinchi soatdan keyingi tanaffus paytida maktabning 11-sinf o‘quvchilarining tinchligini saqlash maqsadida xonaga kirgan, o‘quvchilarni tartibga chaqirib shu sinf o‘quvchisi J.Sh.ga xonadagi parta stullarni to‘g‘rilashni buyurgan. J.Sh. o‘qituvchining tanbehidan noto‘g‘ri xulosa chiqarib pirotexnika vositasini yoqib yuborgan. Ushbu holatni shu sinf o‘quvchilari A.Q. va N.S. videoga olib o‘zining Tiktok`dagi shaxsiy profiliga joylagan.

Voqea yuzasidan shu kunning o‘zidayoq jamoatchilik va huquq tartibot organ xodimlari hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilib, o‘quvchilarning ota-onalariga MJtKning 47-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb hisoblanib, bazaviy hisoblashning 2 baravari miqdorida, ya’ni 446 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.

O‘quvchilar bir yil muddatga tuman IIBda profilaktik ishlari olib borish uchun ro‘yxatga olingan. 

O‘quvchilar maktabining tajribali pedagog xodimlaridan murabbiy biriktirib, ta’lim tarbiyasini nazoratga olish hamda qiziqishiga ko‘ra to‘garakka jalb qilish to‘g‘risida yakuniy xulosaga kelingan.

“Kelgusida maktab ma’muriyati hamda pedagog jamoasi o‘rtasida bunday salbiy xolatlarga yo‘l qo‘ymaslik va o‘quvchilar, o‘qituvchilar tartib intizomini qattiq nazoratga olish, MFY profilaktika inspektorlari bilan xamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Xalq ta’limi vazirligi bu kabi holatlar ayanchli oqibatlarga olib kelmasligi uchun ota-onalardan farzand tarbiyasiga mas’uliyat bilan qarashga chaqirib qoladi”, deyiladi vazrlik bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

maktab XTV pirotexnika

Baholaganlar

293

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing