XTV Toshkentda suv bosgan maktab bo‘yicha munosabat bildirdi
Jamiyat
−
13 fevral 2020
7042Avvalroq, Toshkentdagi 71-soni umumiy o‘rta ta’lim maktabi xovlsini suv bosishi oqibatida o‘quvchilar va o‘qituvchilar maktabdan chiqa olmay qolgani haqida xabar bergan edik. Xalq ta’limi vazirligi mazkur holatga munosabat bildirdi.
Unda, kecha, 12 fevral kuni kuchli yog‘ingarchilik sababli Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 71-sonli umumta’lim maktabining hovlisi va o‘quv binosining bir qismida suv to‘planib qolgani aytilgan.
“Bu vaqtga kelib maktabda dars soatlari yakunlangan bo‘lib, o‘quvchilarning maktabdan chiqishida qiyinchilik tug‘dirdi. Tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan zudlik bilan 71-sonli maktabdagi mazkur holatni bartaraf etish va o‘quvchilar havfsizligini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi va boshqa tegishli idoralarga ma’lumot berildi. O‘quvchilar maktab hovlisidan betalofat chiqarildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hozirda 71-maktabga o‘quvchilarning qiyinchiliksiz darslarda ishtirok etishlarini ta’minlash uchun sharoit yaratilmokda. Tumanning mas’ul tashkilotlari tomonidan maktab hovlisidagi suv chiqarib tashlanib, muassasadagi ariq va drenajlar tozalanmokda.
LiveBarchasi