XTV ota-onalar uchun yana bir xizmatni ishga tushirdi

Jamiyat

image

Xalq ta’limi vazirligi farzandi maktab yoshiga yetgan ota-onalar  uchun yana bir xizmatni yo‘lga qo‘ydi. Hozircha yangi xizmat Toshkent shahriдаги maktablarni qarab olgan. Bu haqda Vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi xizmat – gis.uzedu.uz – ota-onalarga o‘zlarining mikrohududlari va ularning hududlaridagi maktablarni aniqlab olish imkoniyatini beradi.

Hozirgi kunda mazkur xizmat test rejimida faoliyat yuritmoqda. Onlayn xaritaga Toshkent shahridagi barcha maktablar mikrohududlari bilan kiritilgan.

Xizmatdan foydalanish uchun saytga kirish kerak va “Toshkent shahri xalq ta’limi bosh boshqarmasini” hamda tegishli tumanni tanlash lozim. Shundan keyin “Maktablarni ko‘rish” tugmasini bosish kerak va tizim xaritada maktablarni ko‘rsatadi (qizil bilan yangi qabul tizimi joriy etilayotgan maktablar belgilangan).

Yangi xizmat Xalq ta’limi sohasida AKTni rivojlantirish markazi xodimlari tomonidan yaratilgan. Xizmat respublikadagi barcha maktablar joylashuvini ko‘rsatadi. Kelajakda xizmat kengaytirilib, respublikadagi barcha maktablarning mikrohududlarini ko‘rish imkoniyatini yaratish rejalashtirilgan.

Saytda aloqa uchun ma’lumotlar joylashtirilgan bo‘lib, foydalanuvchilar tizimni takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarni bildirishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, maktablarning mikrohududlari tuman hokimiyatlari qarori bilan tasdiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab XTV

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing