XTV maktablarda yo‘q qilinadigan 223 ta darslik ro‘yxatini e’lon qildi

Jamiyat

image

2020-2021 o‘quv yili yakuni bo‘yicha barcha maktablarda foydalanish muddati tugagan 223 ta darslik kutubxona jamg‘armalari hisobidan chiqarilib, utilizatsiya qilinadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 2020-2021 o‘quv yili yakuni bo‘yicha umumta’lim maktablari hamda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari foydalanish muddati tugagan, yaroqsiz holga kelganligi sababli kutubxona jamg‘armalari hisobidan chiqarilishi, utilizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxati tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, 2015-2020 yil oralig‘ida chop etilgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar utilizatsiya qilinadi. 

Vazirlik xabarida ta’kidlanishicha, darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni utilizatsiya qilishdan  ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim muassasalarining kutubxona jamg‘armasidagi darsliklar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarni xatlovdan o‘tkazishdan iborat.

Utilizatsiya qilinadigan kitoblar ro‘yxati bilan tanishish uchun ushbu havolaga bosing.


Maqola muallifi

Teglar

kitob utilizatsiya

Baholaganlar

1016

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing