XTV: Kogonda o‘quvchilar paxtaga olib chiqilgani o‘rganilyapti

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Kogon tumanida maktab o‘quvchilari paxta terimiga jalb etilgani haqidagi ma’lumot tarqaldi. Qayd etilishicha, paxta dalasiga beshinchi va undan yuqori sinf o‘quvchilari olib chiqilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirgi kunda mutasaddilar mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bormoqda. O‘rganish natijasiga ko‘ra, mazkur iddaolar tasdiqlansa, qonunni himoya qilish organlari tomonidan javobgarlikka tortilishi lozim.

“Xalq ta’limi vazirligi maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilari va tizim xodimlarini majburiy mehnatga jalb etilishiga qarshi va joylardagi tizim rahbarlaridan majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi bu kabi holatlarni oldini olish va xalq ta’limi tizimi xodimlari huquqlarini himoya qilish maqsadida shikoyatlarni qabul qilishda qulay bo‘lgan virtual inspektorni ishga tushirgan. Tizimdagi xodimlar majburiy mehnatga jalb etilganida, huquqlari buzilganida yoki turli to‘lovlarga majburlangan holatlarda ovoz.uzedu.uz sayti yoki +998 99 988 10 06 telefoni raqami orqali murojaatlarini yuborishlari mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

paxta Xalq ta'limi vazirligi

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing