XTV fuqarolardan yaxshi isitilmayotgan maktablar haqida ma’lumot berishni so‘radi

Jamiyat

image

Xalq ta’limi vazirligi havoning keskin sovishi sababli har bir tuman (shahar)da tashkil etilgan Ekspluatatsiya xizmatlariga zudlik bilan barcha maktablarni issiqlik bilan ta’minlanganligi, isitish qozoni va qozonxonalarining sozlik holati, maktab sinfxonalarni haroratini tekshirib chiqib, mavjud muammolarni joyida tezkor hal etish choralarini ko‘rish topshirildi.

Vazirlik fuqarolardan maktabdagi qoniqarsiz issiqlik tizimi haqidagi ma’lumotni Xalq ta’limi vazirligining hududlardagi shtablariga telefon raqamlari orqali hamda Xalq ta’lim vazirligining hamda @maktab_uzedubot boti orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.

“Bugungi kunda Ekspluatatsiya xizmati tasarrufidagi umumta’lim muassasalari sonidan kelib chiqib jami 352 ta Damas rusumli avtotransport vositalari ajratilgan. Xizmatlar kerakli ish qurollari, asbob-uskunalari (elektr va gaz payvandlagichlar, kesish va duradgorlik moslamalari, santexnika va elektr uskunalari) bilan ta’minlangan.

Ushbu xizmat faoliyatidagi har bir avtotransport vositalari harakat yo‘nalishiga baho berish va ulardan samarali foydalanishni doimiy nazorat qilib borish maqsadida ularga GPS-treker uskunasi o‘rnatilib, ularning harakati viloyat boshqarmalari va vazirlikning Qurilish boshqarmasi tomonidan doimiy monitoring qilib boriladi”, deyilgan vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun, Ekspluatatsiya xizmati umumta’lim muassasalarining bino-inshootlarini zarur holatda saqlash, ularga doimiy xizmat ko‘rsatish, bino-inshootlar, sinfxonalar, isitish qozoni va qozonxonalarini ta’mirlash, elektr tizimidagi nosozliklarni bartaraf etish ishlarini amalga oshiradi.

Xalq ta’limi vazirligining hududlardagi shtablarining telefon raqamlari:

Qoraqalpog‘iston Res: 61 222-95-13;
Andijon vil: 74 228-26-27;
Buxoro vil: 95 600-34-35;
Jizzax vil: 72 222-08-68; 
Qashqadaryo vil: 75 223-41-19;
Navoiy vil: 79 220-61-82;
Namangan vil: 69 232-61-15;
Samarqand vil: 66 238-88-10; 
Surxondaryo vil: 76 227-35-55; 
Sirdaryo vil: 67 225-4017; 
Toshkent vil: 71 231-65-73; 
Farg‘ona vil: 73 244-31-19; 
Xorazm vil: 62 228-11-52;
Toshkent shah: 71 237-08-01.


Maqola muallifi

Teglar

maktab sovuq

Baholaganlar

20

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing