Xristianmi, yahudiymi, musulmonmi har bir insonning hayoti qadrlidir – Rim papasi
Olam
−
13 noyabr 2023
5697Rim papasi Fransisk G‘azo sektoridagi yaradorlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish va anklav tinch aholisining xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi. Bu haqda u Vatikandagi Avliyo Pyotr maydonida o‘tkazilgan an’anaviy yakshanbalik va’zi davomida aytib o‘tdi.
“Men jabr chekayotgan barcha falastinliklar va isroilliklar bilan birgaman. Ushbu qorong‘i davrda men ular bilan birgaman, ular uchun chin dildan ibodat qilaman. Qurollar ovozi tinsin. Qurol hech qachon tinchlik keltirmaydi, mojarolar tarqalmasligi kerak”, deydi Rim papasi.
U G‘azo sektoridagi yaradorlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatish, tinch aholi himoyasini ta’minlash va ko‘proq gumanitar yordam ko‘rsatish zarurligini bildirgan.
Shuningdek, u garovga olinganlarni ozod qilishga chaqirgan.
"Xristianmi, yahudiymi, musulmonmi har bir insonning hayoti Xudo nazdida muqaddas va qadrlidir. Umidimizni yo‘qotmaylik: insoniylik tuyg‘usi qalb qattiqligidan ustun bo‘lishi uchun ibodat qilib, tinimsiz mehnat qilaylik", deydi papa Fransisk.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq G‘azo sektorida halok bo‘lganlar 11 ming 180 kishiga yetgani ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi