Xotinini farzandlari oldida pichoqlab o‘ldirgan er 19 yilga qamaldi
3-sahifa
−
15 fevral 2023
105372022 yil 24 avgust kuni Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi bog‘chada bolalar ko‘z o‘ngida ayol eri tomonidan kaltaklangani va keyinchalik er ayolini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar berilgandi. Sud hukmi bilan er 19 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Sud jarayonida marhumaning otasi hukmdan noroziligini bildirib, sudlanuvchiga umrbod qamoq jazosi berilishini so‘ragan.
“Men noroziman. Bularga umrbod qamoq jazosi berilsin. O‘zbek otalari o‘rniga meni qo‘yib ko‘rsin. Boshqalarga o‘rnak bo‘ladi. Kimdir odam o‘ldirishdan oldin umrbod qamoq jazosini olishini o‘ylab, bu ishlarga yo‘l qo‘ymasliklari uchun bu gaplarni aytyapman”, deydi marhumaning otasi.
Sudda ayblanuvchi qilmishidan pushaymonligini bildirgan.
Erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismining “j” bandi hamda 164-moddaning 1-qismi (bosqinchilik) bilan aybdor deb topilgan. Unga nisbatan 19 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi