Xotinini ayovsiz kaltaklagan qochoq er tutib kelindi

Jamiyat

image

Avvalroq, Samarqand shahrida er turmush o‘rtog‘ini ayovsiy kaltaklagani haqida xabar bergan edik. Unga jinoiy ish ochilgandi. O‘zi esa yashirinishga uringan.

Bugun, 24 avgust kuni 25 yoshli mushtumzo‘r erkak qo‘lga olindi. U Toshkent shahridan tutib kelindi.

“Qochoq Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlarining tashabbusi bilan Toshkent shahrida qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Sh. qonuniy xotini M.ni doimiy ravishda urib, xo‘rlab kelgan. Kuni kecha Sh. Rafiqasini kaltaklayotgani aks etgan video tarqalib ketgandi.

Yigitga nisbatan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand IIB

Baholaganlar

819

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing