Xotin-qizlarga qo‘shimcha davlat granti asosida kvota ajratiladi
Jamiyat
−
13 iyun 2020
10307Xotin-qizlarga qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosida kvota ajartiladi. Bu haqda “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida so‘z boradi.
“Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, Abituriyentlardan hujjatlar 20 iyundan 20 iyulgacha qabul qilinadi.
Endilikda abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.
LiveBarchasi