Xotin-qizlar uchun davlat granti hududlar kesimida taqsimlandi
Jamiyat
−
08 iyul 2022
135242022/2023 o‘quv yilida xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi kvotalarning hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy o‘quv yilida xotin-qizlar uchun eng ko‘p kvota Farg‘ona viloyatiga (221 ta) ajratilgan.
Viloyatlar kesimida kvotalar taqsimoti quyidagicha:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
• Andijon – 183;
• Buxoro – 112;
• Jizzax – 81;
• Qashqadaryo – 193;
• Navoiy – 60;
• Namangan – 165;
• Samarqand – 227;
• Surxondaryo – 155;
• Sirdaryo – 50;
• Toshkent viloyati – 177;
• Farg‘ona – 221;
• Xorazm – 110;
• Toshkent shahri – 155.
Qayd etish kerak, avvalgi o‘quv yillarida kvotalar hudud kesimida umumiy berilar edi. Joriy yilda quyidagi 3 ta sohaga bo‘lib, alohida kvota beriladigan bo‘ldi:
• aniq va tabiiy fanlar;
• texnika fanlari;
• tibbiyot fanlari.
Ya’ni joriy yildan boshlab, tanlov umumiy hudud kesimida emas, mana shu sohalar ichida bo‘ladi.
LiveBarchasi