Xosep Gvardiola APL rekordini o‘rnatdi

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi, ispaniyalik Xosep Gvardiola Angliya Premer ligasining 32-turida “Brayton”ustidan qozonilgan g‘alaba (3-0) evaziga Angliya chempionatining rekordlaridan birini yangiladi.

Gvardiola “Manchester Siti”ning barcha musobaqalarida 344 ta o‘yin o‘tkazib, 250 ta g‘alaba qozongan. Bu g‘alabalar soniga erishish uchun u Angliyaning yuqori ligasida ishlagan har qanday murabbiydan ko‘ra kamroq o‘yin sarflagan. 250 ta o‘yinda g‘alaba qozonish uchun Gvardioladan keyingi eng yaxshi natija uning azaliy raqibi Joze Mourinoga tegishlidir.

250 ta g‘alaba qozonish uchun eng kam o‘yin sarflagan murabbiylar ro‘yxati bilan tanishing:

344 o‘yin – Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”)
396 ta o‘yin – Joze Mourino (“Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Tottenxem”)
429 ta o‘yin – Kenni Dalglish (“Liverpul”, “Blekbern”, “Nyukasl”);
433 o‘yin –  Arsen Venger (“Arsenal”);
439 o‘yin –  Don Revi (“Lids”).

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” 32 turda 77 ochko jamg‘arib, eng yaqin ta’qibchisi “Liverpul”ni bir ochkoga ortda qoldirib, Angliya chempionati jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xosep Gvardiola APL rekordi

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing