Xorvatiyada prezidentlikka saylovda muxolif partiya nomzodi g‘olib bo‘ldi

Olam

image
Saylov natijalari e’lon qilindi north_east

Saylov natijalari e’lon qilindi

Kecha, 5 yanvar kuni Xorvatiyada prezidentlik uchun saylovlarning ikkinchi turi bo‘lib o‘tdi. Unda muxolif Sotsial-demokratik partiya nomzodi, sobiq Bosh vazir Zoran Milanovich g‘olib bo‘ldi.

U ikki tur yakunlariga ko‘ra, ko‘proq ovoz to‘plab, amaldagi Prezident Kolinda Grabar-Kitarovichni ortda qoldirdi.

99,54 foiz byulletenlar saralanganda Zoran Milanovich 52,70 foiz, Grabar-Kitarovich 47,30 foiz ovoz yig‘gani ma’lum bo‘ldi. 

Xorvatiya Dalvat saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, natijalar hozircha yakuniy emas. Aniq natijalar chet davlatlardagi saylov uchastkalaridagi natijalar haqida axborot berilgach ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Xorvatiyada prezidentlik saylovlarining birinchi turi o‘tgan yilning 22 dekabr kuni o‘tkazilgandi. Saylovning birinchi turida 11 nafar nomzod ishtirok etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorvatiya saylov

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing