Xorijliklarni vaqtincha ro‘yxatga olish tartibi soddalashtiriladi
Jamiyat
−
02 fevral 2023
3852O‘zbekiston hududida chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtinchalik ro‘yxatga olish bo‘yicha talablar soddalashtirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 35-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan chet el fuqarolarini migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalarida vaqtincha ro‘yxatga olish uchun yagona muddat o‘rnatilmoqda – 3 kun ichida.
Shuningdek, mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgan va boshqa qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni joylashtirish vositalari va davolash muassasasida vaqtincha ro‘yxatga olishni faqat ichki ishlar organlaridan ruxsat olingandan keyin amalga oshirish tartibi bekor qilinmoqda.
Endilikda bunday huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining ma’muriyati, xususiy uy-joy egalari hududiy ichki ishlar organlariga “E-mehmon” dasturi orqali xabar bergan holda joylashtiradi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15