Xorijdan olib kelingan 72 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
30 iyun 2020 6864 1 daqiqa
Bugun, 30 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 87 nafarga ortib, 8385 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 72 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
• 11 nafari Toshkent shahrida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida);
• 4 nafari Toshkent viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 5569 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2791 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr