Xorijdan qaytgan 1,5 mingdan ortiq kishida OITS aniqlandi

Jamiyat

image

O‘tgan yili xorijda bo‘lib qaytgan 1,7 mln fuqaroning 434 mingi, ya’ni 25 foizi ixtiyoriy OIV/OITS tekshiruvidan o‘tgan va ularning 1512 nafarida ushbu kasallik aniqlangan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, qonunchilikda bu borada majburiy tibbiy ko‘rik bo‘lmagani uchun aksariyat fuqarolar tekshiruvga bormayapti. Fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan endi uzluksiz 90 kun va undan ortiq muddatda chet elda bo‘lib qaytgan 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun mamlakatga kirib kelayotgan xorijliklarni majburiy OIV tekshiruvidan o‘tkazish tartibi belgilanmoqda.

Qonun tashabbuskorlari bu yuqumli kasallik inson organizmida 90 kundan so‘ng o‘zini namoyon qilishini qayd etgan. 

“Eng asosiysi, chet eldan qaytgan fuqaro agar o‘zining, oilasining sog‘ligini o‘ylasa, tezda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim. Tekshiruvlar davlat hisobidan amalga oshiriladi”, deydi partiya vakillari. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Milliy tiklanish” partiyasi bitta kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqarishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqqan edi. Ushbu tashabbus orqali mahkumlarning bilim va madaniyatini oshirish, ularning ijtimoiy adaptatsiyasini yaxshilash va jazo muddatini o‘tkazish jarayonida ruhiy va axloqiy rivojlanishga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan. Qonun loyihasiga ko‘ra, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha 1 ta kitob o‘qigan va belgilangan imtihonni topshirgan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqartiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

OIV OITS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing