Xorijdan 39 ming o‘zbekistonlik olib kelindi, yana 12 minggi qaytariladi
Jamiyat
−
19 may 2020
6794Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.
Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, 2 ming 802 nafar fuqaromizdan 2 ming 314 nafari yoki 82 foizi butunlay sog‘aygani, bu kurashda chinakam jasorat ko‘rsatayotgan 23 ming nafar tibbiyot xodimlariga jami 78 milliard so‘mdan ziyod rag‘batlantirilgan.
“Kasallikka qarshi kurashish bilan birga, chet ellardagi fuqarolarimiz haqida ham qayg‘uryapmiz. Hozirgi kungacha xorijdan 39 ming nafar yurtdoshlarimizni olib keldik. Tashqarida og‘ir ahvolda qolgan yana 12 ming nafar fuqaromizga tegishli yordam ko‘rsatib, ularni yurtimizga olib kelish choralari ko‘rilmoqda”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, Prezident avval ham Dubay, Rossiya, Turkiyada og‘ir ahvolda qolgan 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarilishi haqida aytib o‘tgandi. Shundan so‘ng 24 maygacha bo‘lgan muddatda 12 ta charter reys amalga oshirish belgilangandi.