Xorijdagi o‘zbekistonliklarning qanchasi koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
18 aprel 2020
7953Xorijda 80 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Avazbek Hojimetov ma’lum qildi.
Quyidagi davlatlarda O‘zbekiston fuqarolari koronavirusga chalingan:
Avstriya — 1
Armaniston — 1
AQSH — 11
BAA — 1
Gretsiya — 6
Isroil — 1
Koreya Respublikasi — 1
Pokiston — 5
Rossiya — 42
Tailand — 1
Turkiya — 1
Yaponiya — 1
Qozog‘istonda — 6
Bu bugun, 18 aprel holatiga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabida mavjud ma’lumotlar.
TIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, virusga chalingan o‘zbekistonliklar bilan o‘sha davlatdagi O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari doimiy aloqada va zarur konsullik-huquqiy yordamlarini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, Avazbek Hojimetov chet elda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan o‘sha davlatdagi karantin talablariga rioya qilishni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, bugungacha AQSHning Nyu-York shahrida koronavirusga chalingan 3 nafar va Rossiyaning Voronyoj viloyatida bir nafar o‘zbekistonlik vafot etgan.
LiveBarchasi