Xorijdagi o‘zbekistonliklarga fuqarolik berish tartibi soddalashtiriladi

Jamiyat

image
Prezident O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi north_east

Prezident O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

ID-KARTAning narxi ma’lum bo‘ldi north_east

ID-KARTAning narxi ma’lum bo‘ldi

15 sentyabrdan chet ellik vatandoshlarga O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi. Bu milliy fuqarolik to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririda qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda O‘zbekiston rahbari tomonidan chet elda yashaydigan vatandoshlar bilan munosabatlarda davlat siyosati asoslari belgilab berildi. Chora-tadbirlar qatoridan ularga soddalashtirilgan tartibda O‘zbekiston fuqaroligini taqdim etish ham o‘rin oldi.

Qabul qilingan qonun ikkita asosiy savolga javob bera oladi.

Kimlar vatandoshlar hisoblanadi?  Bular O‘zbekistonda tug‘ilgan yoki ilgari uning hududida yashagan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashaydigan shaxslar (bolalari, nabiralari va boshqalar). Sharti - ularning nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan oldingi qarindoshlari (ota-onasi, buvisi/buvasi, buvisi/buvasining ota-onalari va boshqalar) O‘zbekiston hududida yashayotgan bo‘lishi hamda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lishi lozim.

Fuqarolikka qabul qilish tartib-taomili qanday? O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan quyidagi hollarda qo‘llanadi:

•  O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan loaqal bitta o‘zidan oldingi qarindoshga ega bo‘lsa;
•  tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa;
•  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa;
•  davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa.

Birinchi shart ilm-fan va ilmiy faoliyat, texnika, madaniyat hamda sport sohasida katta yutuqlarga ega bo‘lgan, shuningdek O‘zbekiston uchun manfaatli kasbga yoxud malakaga ega bo‘lgan vatandoshga yoki uning oila a’zolariga nisbatan hisobga olinmasligi mumkin.

Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi materiallarni ko‘rib chiqadi va fuqarolikni soddalashtirilgan tartibda shaxslarga berish maqsadga muvofiqliligi to‘g‘risida davlatimiz rahbariga takliflar kiritadi.

Qabul qilingan qaror asosida shaxsga, ushbu shaxs fuqarosi bo‘lgan davlat fuqaroligidan chiqadigan bo‘lsa, O‘zbekiston fuqaroligini berish to‘g‘risida kafolat xati beriladi. Kafolat xatining amal qilish muddati 1 yil, komissiyaning qaroriga binoan kafolat xatining amal qilish muddati yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Kafolat xati ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan ariza beruvchiga yoki uning qonuniy vakiliga topshiriladi yoxud pochta orqali yuboriladi. 

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish Prezidentning Farmoniga muvofiq ariza beruvchi chet davlat fuqaroligidan chiqqanligi haqida hujjat taqdim etganidan keyin amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

qonun fuqarolik

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing