Prezident O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonunga muvofiq, 1995 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan o‘tgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda mazkur Qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.

Qonun bilan Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaning maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlari belgilandi.

Jumladan,  Komissiya O‘zbekiston fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni ko‘rib chiqadi, Prezidentga ushbu masalalar yuzasidan takliflar kiritadi.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqishda idoralararo elektron hamkorlik shakllantiriladi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Qonunning ayrim moddalari va bandlari 2020 yil 1 apreldan e’tiboran amalga kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

qonun fuqarolik

Baholaganlar

160

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing