Xorijdagi o‘zbekistonliklar qanday emlanadi?

Jamiyat

0:00
0:00
download

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 aprel kuni O‘zbekistonda aholini koronavirus qarshi emlash ishlari boshlangandi. Birinchi bosqichda 65 yoshdan kattalar, virus yuqtirish xavfi bor tibbiyot xodimlarini emlash boshlandi.

Keyingi bosqichlarda ta’lim muassasalari xodimlari, surunkali kasalligi bor fuqarolar, IIB, Milliy gvardiya va Bojxona qo‘mitasi xodimlari, Chegara qo‘shinlarini emlash belgilangan. Aholi orasida esa xorijda ishlash uchun ketmoqchi bo‘lganlar va chet elda muhojirlikda yurgan fuqarolar emlanadimi, bu qanday bo‘ladi degan savollar ko‘paymoqda.

QALAMPIR.UZ muxbiri mehnat migrantlarining emlanishi masalasiga oydinlik kiritishi uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonovga mikrofon tutdi. U mamlakatda birinchilardan bo‘lib emlanishi kerak bo‘lgan aholi qatlami vaksina olib bo‘lgach, migrantlarni emlash imkoniyati ham ko‘rib chiqilishini ta’kidladi.

“Aholining boshqa qatlamiga o‘tish boshlangandan keyin chet eldagi fuqarolarni ham emlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Bugungi kunda nafaqat bizda, balki boshqa davlatlarda ham vaksina tanqisligi bo‘layotgani uchun, hozir chet eldagi o‘zbek fuqarolarini emlash bo‘yicha muzokaralar amalga oshirilmoqda. Hozirgacha birorta davlat, hatto rivojlangan Yevropa mamlakatlari ham elchixonalar orqali xorijdagi fuqarolarini emlashi kuzatilmadi”, dedi Botir Qurbonov.

Qurbonov xorijiy davlatlar O‘zbekistondagi elchixonasi orqali fuqarolarini emlamayotganini aytib, xorijdagi o‘zbekistonliklarni emlash dunyo tajribasidan kelib chiqib amalga oshirilishini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina Botir Qurbonov

Baholaganlar

75

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing