Xorijdagi o‘zbekistonliklar davlat xizmatidan onlayn foydalanishi mumkin bo‘ladi

Jamiyat

image
2022 yildan 12 ta hujjat talab qilinmaydi north_east

2022 yildan 12 ta hujjat talab qilinmaydi

Chet elda doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolariga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoni yaratiladi. Bu O‘zbekiston Prezidentning “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida nazarda tutilgan.

Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 oktyabrga qadar:

•    “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” hamda “TMEK” axborot tizimlari YAIDXP bilan integratsiya qilinishini ta’minlanadi;

•    davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilishida to‘lovlar bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslarni real vaqt rejimida aniqlash va to‘lov miqdorini avtomatik tarzda belgilash tizimini joriy etiladi;

•    chet elda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini berish orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratiladi;

•    xorijdan turib elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarni chet el valyutasida xalqaro to‘lov tizimlari va boshqa vositalar orqali amalga oshirish mexanizmini joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

davlat xizmati

Baholaganlar

24

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing