O‘qishni xorijdan imtihonsiz va tekinga ko‘chirishga ruxsat berildimi? Vazirlik izoh bilan chiqdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy oliy ta’lim muassasasida tahsil olyotgan fuqarolar o‘qishini ko‘chirish haqida hujjat tarqalmoqda. Unda yozda o‘qishni ko‘chirish test sinovlarisiz, tekinga amalga oshirilishi aytilgan. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hujjat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirib, uni soxta ekanini ma’lum qildi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi  o‘rinbosari K.Karimov imzosi tushirilgan xat va undagi ma’lumotlar hech qanday asosga ega emas, yolg‘on”, deyiladi vazirlik xabarida.

Idora fuqarolarni har xil soxta axborotlarga ishonib qolmaslikni yana so‘ragan.

Shu bilan birga, vazirlik asossiz va yolg‘on axborot tarqatganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanganini yana bir bor eslatib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

o'qishni ko'chirish

Baholaganlar

289

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made