Xorijda yashovchi Turkiya fuqarolarining saylovdagi faolligi rekord darajaga yetdi

Olam

image

Xorijda yashovchi Turkiya fuqarolarining prezidentlik saylovlaridagi faolligi rekord darajaga yetdi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, saylovning ikkinchi turida xorijda yashovchi Turkiya fuqarolarining 1 million 895 ming 430 nafari ovoz bergan. Umuman olganda, saylovchilarning faolligi rekord darajada bo‘lib, 55 foizni tashkil etgan. 

Mutaxassislarning fikricha, ushbu fuqarolarning ovozlari g‘olibni aniqlashda asosiy omil bo‘lishi mumkin.

Amaldagi yetakchi Rajab Toyib Erdo‘g‘an va muxolifat nomzodi Kamol Qilichdoro‘g‘li prezidentlik uchun kurashmoqda. Birinchi turda saylovchilarning 49,5 foizi Erdo‘g‘onga ovoz bergan. Qilichdoro‘g‘lini 44,8 foiz aholi qo‘llab-quvvatladi. 

Shuningdek, Turkiya Prezidentligiga nomzodini qo‘ygan va birinchi turdan so‘ng 5,17 foiz ovoz bilan mag‘lub bo‘lgan Sinan Og‘an esa yaqinlashayotgan saylovda amaldagi Prezidentni qo‘llashini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida ovoz berish joriy yilning 28 may kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an saylov Kamol Qilichdoro'g'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing